AsosiySUG'DIYONA
9465

Nima uchun erkaklar ayollarning ko`z yoshlariga toqat qilolmaydi?

Erkaklar dalilga dalil bilan javob berib muammoni hal etishadi, deydi “Lady.mail.ru” nashri. 

Ayollarning ko`z yosh to`kishi esa ularni boshi berk ko`chaga olib kirib qo`yadi. Erkaklar yig`lashni, ko`z yosh to`kishni bilishmaydi, chunki ularga bolalikdan o`g`il bola yig`lamaydi degan fikr singdiriladi. Ayol yig`laganda uning yon berishdan boshqa iloji qolmaydi va ayol uni ko`z yoshlari orqali o`ziga bo`ysundirmoqchi bo`layotgandek tuyuladi. O`g`il bolalarga kichkinaligidanoq qizlarni xafa qilmaslik uqtirib kelingani uchun u yana past kelishga majbur bo`ladi.

Agar nizoli vaziyatni o`yin deb qabul qiladigan bo`lsak, uning g`alabalari-yu, mag`lubiyatlari mavjuddir. Ayol yig`laydigan bo`lsa, bu avtomatik ravishda erkakning yutqazganidan darak beradi, uning har qanday harakati mag`lubiyatga olib keladi. Xafa qilsa ham, yon bossa ham baribir u mag`lub bo`ladi. Erkak haqiqatan ham noqulay vaziyatga tushib qoladi.   

Bunday noqulay vaziyatdan chiqish uchun erkaklar ko`z yoshga vaziyatdan chiqish yo`li deb emas, balki shunchaki bir to`xtamga kelish yo`li deb qarashi lozim. U ayolni yupatish uchun uning yoniga o`tirib, yig`lab, butun g`uborlarini chiqarib yuborishini kutishi to`g`ri bo`ladi. Bunday holatlarda ayollar turmush o`rtoqlarining uni quchoqlab, tinchlantirishini xohlaydi. Shuning uchun erkak rafiqasini quchoqlab, yupatib, keyin his-tuyg`ulari haqida gapirishi, nohaq bo`lsa uzr so`ragani ma`qul. 

Aslida bunday vaziyatlarda erkak va ayolning umumiy jihatlari ko`p bo`ladi. Ayollar ko`z yosh to`kayotganda yig`i bilan erkakni o`ziga bo`ysundirish fikridan yiroq bo`ladi. Ayol muammoning echimini topolmagandan keyin yig`iga zo`r beradi. Shu tariqa engil tortadi. Ba`zi bir erkaklar yig`layotgan ayol oldida o`zini qahramon deb his qiladi, uni turli balo-qazolardan asrashga, himoya qilishga kirishadi. Ba`zilarining esa jahli chiqib, o`zini ojiz, qo`lidan hech nima kelmaydigan odam deb hisoblaydi.

Boshqa yangiliklar