O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Prezident Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan 20 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo`nab ketdi.
Bo`lajak oliy darajadagi muzokaralar chog`ida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko`p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqiladi. Sammit yakunida ustuvor yo`nalishlar bo`yicha o`ndan ziyod hujjat imzolanishi rejalashtirilgan.
Ashxobod shahrida «Toshkent» bog`ining ochilishi, «Xorazm - Toshovuz» chegaraoldi savdo markazi qurilishining boshlanishi ham tashrifning muhim voqealari bo`ladi.