Turkiyaning Bursa shahrida o`tkazilgan “Turk dunyosi umumiy alifbosi bo`yicha seminar”da Turkiy davlatlar tashkilotiga yagona alifbo yaratish bo`yicha komissiya tuzish to`g`risidagi qaror taqdim etildi.
Seminarni Turk tili jamiyati rahbari Gyurer Gulsevin olib bordi. Seminarda turkiy davlatlar olimlari yagona alifboga o`tish jarayonini jadallashtirish va turkiy davlatlar o`rtasida taqsimlanishi muhimligini ta`kidlashgan.
Seminar doirasida “Yagona alifbo yaratish komissiyasi”ni tuzishga qaror qilindi. Komissiya tarkibiga turkiy davlatlarda til siyosati bilan shug`ullanuvchi har bir rasmiy tuzilmadan ikki nafar a`zo kiradi.
Qirg`izistonda yagona alifbo yaratish bo`yicha komissiyaning birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston va Turkiya kiradi.