AsosiySiyosat

Prezident O`zbekiston Evropa investisiya bankining mintaqaviy ofisini ochish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi

'Prezident O`zbekiston Evropa investisiya bankining mintaqaviy ofisini ochish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligini bildirdi'ning rasmi

Ostona shahrida birinchi "Markaziy Osiyo - Evropa Ittifoqi" sammiti bo`lib o`tmoqda. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Unda O`zbekiston, Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Evropa kengashi Prezidentlari hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o`rinbosari ishtirok etmoqda. 

Prezident Shavkat Mirziyoev o`z nutqida O`zbekiston mazkur formatga amaliy hamkorlikni ilgari surish, ishonch, sheriklik va o`zaro bog`liqlikni mustahkamlash uchun zarur bo`lgan muhim muloqot maydoni sifatida qarashini ta`kidladi.

Davlatimiz rahbari mintaqamiz va Evropa Ittifoqi hamkorligining savdo-iqtisodiy yo`nalishiga to`xtalib, mamlakatlarimiz «GSP+» imtiyozli savdo tizimiga qo`shilganidan so`ng joriy yilning boshidan buyon yuqori qo`shilgan qiymatli o`zbek mahsulotlarining eksporti qariyb ikki barobar oshganini qayd etdi. 

Biroq, umumiy raqamlar mavjud ulkan imkoniyatlarga mos emasligi ta`kidlanib, Evropa bozorlarida tayyor, xomashyo bo`lmagan tovarlar nomenklaturasi bilan munosib raqobat qilish uchun:

- sanoat mahsulotlarining Evropaning yuqori standartlari va texnik reglamentlariga muvofiqligini ta`minlash;

- EI bozorlariga chiqish uchun eng maqbul samarali transport-logistika koridorlarini yaratish, eng avvalo, Transkaspiy multimodal marshrutini rivojlantirish;

- evropalik iste`molchilar o`rtasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mahsulotlarining tanilishi va xaridorgir bo`lishi uchun qo`shma marketing tadqiqotlari hamda maqsadli tadbir va aksiyalar o`tkazish zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Ushbu masalalarni tizimli ravishda hal qilish uchun Prezidentimiz Bosh vazir o`rinbosarlari darajasida “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Iqtisodiy hamkorlik qo`mitasini ta`sis etishni taklif qildi.
  
Ushbu tuzilma faoliyati doirasida “Global darvoza” tashabbusining maqsad va vazifalarini qamrab olgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va o`zaro transport-kommunikasiya bog`liqlikni rivojlantirish bo`yicha uzoq muddatli strategik dasturni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi ta`kidlandi.

O`zbekiston Evropa investisiya bankining mintaqaviy ofisini ochish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligi bildirildi.

 

    Boshqa yangiliklar