AsosiySiyosat

Prezident mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash borasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta`kidladi

'Prezident mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash borasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta`kidladi'ning rasmi

Prezidentimiz Evropa Ittifoqini "yashil" taraqqiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga, bunda alohida e`tiborni eko-innovasiyalar, energiya samarador va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, «Smart-AKIS» Evropa tarmog`i yordamida «aqlli» qishloq xo`jaligini rivojlantirishga qaratishga chaqirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi

«Erasmus+» va «Evropa gorizonti» dasturlari doirasida ta`lim bo`yicha Evropaning ilg`or metodikalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish, qo`shma fundamental va amaliy tadqiqotlarni o`tkazish taklif qilindi.

Noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida mintaqamiz xalqlarining madaniyatiga bag`ishlangan yirik ko`rgazma tashkil etish rejalashtirilgan. Bunday tadbirlarni har yili Evropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o`tkazib borish tashabbusi ilgari surildi.

Davlatimiz rahbari mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlash borasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta`kidladi.

Afg`onistonga ko`maklashish masalasida butun xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakati va haqiqiy ko`magi zarurligi ko`rsatib o`tildi.

Evropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo`yicha yangilangan strategiyasi qabul qilingan vaqtdan buyon uch yil o`tdi. Afsuski, pandemiya sababli ko`pgina tadbirlar va masalalar to`liq amalga oshirilmay qolgani ta`kidlandi.

Shu munosabat bilan Prezidentimiz strategiyaning bajarilishini jadallashtirish va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ko`p tomonlama dasturiy hujjat – “Yo`l xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini ko`rib chiqishni taklif qildi.

So`zining yakunida O`zbekiston etakchisi mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyoti, ravnaq va farovonligi yo`lida “Markaziy Osiyo - Evropa Ittifoqi” formatidagi ochiq, tizimli va sermahsul muloqot tarafdori ekanini ta`kidladi.

 

    Boshqa yangiliklar