Inson avvalo o`zini sevib yashashi kerak, deya uqtiradi ruhshunoslar. Ammo ko`pchilik bu xudbinlik, deydi. Aslo! O`zni sevish va xudbinlik o`rtasida osmon bilan ercha farq bor. O`zini yaxshi ko`rgan inson o`zi istagandek hayot kechiradi. Xudbin esa boshqalarni ham o`z istaklariga bo`ysundirishni xohlaydi. Bugungi testimiz sizning o`zingizga bo`lgan muhabbatingiz darajasini belgilashingizga yordam beradi.
1. O`zingizni atrofdagilar bilan solishtirasizmi?
A. “Hech qachon” — 3 ball.
B. “Ba`zida” — 2 ball.
V. “Ha, atrofdagilar bilan qanchalik o`xshashligimni bilib turishim kerak-ku” — 1 ball.
G. “Ayniqsa, nimanidir uddalay olmasam, o`zimni boshqalar bilan qiyoslayman” – 0 ball.
2. Nafsoniyatingizga tegish...
A. “Qiyin” – 3 ball.
B) “Hammaning ham qo`lidan kelmaydi, biroq uddalaganlar ham bor...” – 2 ball.
V. “Oson” – 1 ball.
G. “Juda oson” – 0 ball.
3. Atrofdagilarning sizni e`zozlashlari qanchalik ahamiyatli?
A. “To`g`risi, boshqalarning fikri bilan hisoblashib o`tirmayman” – 3 ball.
B. “Ba`zida qadrimga etishlarini istab qolaman” – 2 ball.
V. “Deyarli har doim ularning mehrini his etib turishim lozim” – 1 ball.
G. “Juda ahamiyatli-da!” – 0 ball.
4. O`zingizni chorasiz his etasizmi?
A. “Yo`q, har bir masalaning echimi bo`ladi” — 3 ball.
B. “Ba`zida noilojlikdan tushkunlikka tushib qolaman” – 2 ball.
V. “Chorasiz vaziyatda echim izlamaslik kerak, hammasini shunchaki vaqt hukmiga qo`yib berish darkor” – 1 ball.
G. “To`g`risi, noilojlikdan doim iztirob chekaman” – 0 ball.
5. “Agar biror ish qo`limdan kelmasligini bilsam...”
A. “Albatta, bajarib ko`raman, balki eplarman” – 3 ball.
B. “Ba`zan harakat qilish uchun o`zimda kuch topa olishim mumkin” – 2 ball.
V. “Boshlab nima ham qildim” – 1 ball.
6. Hamma ishni 110% ga bajarishga intilasizmi?
A. “Yo`q, bilganimcha bajaraman” – 3 ball.
B. “Gohida o`z oldimga shunday talablar qo`yishim mumkin” – 1 ball
V. “Har doim shu maqsadda ish boshlayman” – 0 ball.
7. Doim ham boshqalarga qulay yo`lni tanlaysizmi?
A. “Birinchi navbatda o`zimga qulay bo`lishini istayman” – 3 ball.
B. “Odatda o`zimga yoqqan ish boshqalarga noqulaylik tug`dirmasligiga harakat qilaman” – 2 ball.
V. “Ko`pincha atrofdagilarga ma`qul yo`lni tanlashga majbur bo`laman” – 1 ball.
G. “Nima uchundir boshqalarning manfaatlarini o`zimnikidan ustun qo`yaman” – 0 ball.
8. Yo`q deyishga qiynalasizmi?
A. “Yo`q, qiynalmayman” – 3 ball.
B. “To`g`ri, rad etib bo`lmaydigan vaziyatlar ham bo`lib turadi, ammo ko`pincha istaklarimga qarab yo`l tutaman” – 2 ball.
V. “Ha” – 1 ball.
G. “Juda ha, ko`pincha shu sabab o`z istaklarimdan voz kechaman” – 0 ball.
9. Omadingiz chopmasa, o`zingizni aybdor his etasizmi?
A. “Yo`q, bundan tushkunlikka tushmayman” – 3 ball.
B. “Barini taqdirga yo`yib qo`ya qolaman” – 2 ball.
V. “Ha, ko`pincha o`zimni ayblyman” – 1 ball.
G. “Hatto men xato qilmagan bo`lsam-da, baribir aybdorlik hisidan xalos bo`la olmayman” – 0 ball.
10. Oxirgi paytlarda kayfiyatingiz...
A. “Juda zo`r!”– 3 ball.
B. “Yaxshi” – 2 ball.
V. “Bahor obi-havosidek” – 1 ball.
G. “Yomon, stressni boshdan kechirayapman” – 0 ball.
Natija
23-30 ball
Siz o`zini yaxshi ko`ruvchi kishilar safining oldidan o`rin egallagansiz. Har qanday masalada o`z fikringizni ayta olish va unga amal qilish siz uchun juda muhim. Ba`zida shu odatingiz sabab biroz noqulay vaziyatga tushib qolishingiz ham mumkin. Nima bo`lganda ham o`zingizni sevishingiz xudbinlikka aylanib ketmasligi uchun o`z ustingizda ishlang.
14-22 ball
Agar o`zingizga tanqidiy nazar bilan boqishdan biroz tin olsangiz, yangidan-yangi qirralaringizni namoyon etish imkoniyatingiz ortadi. Demak, o`zingizni tanqid qilishga sarflaydigan vaqtingizni yangiliklarni o`rganishga safarbar eting, shunda ko`proq yutuqqa erishasiz. O`zingizga, imkoniyatlaringizga, iste`dodingizga ishoning!
0-13 ball
Siz nima uchundir o`zingizni umuman yaxshi ko`rmaysiz. Ha, doim boshqalarning fikrini, xohishlarini birinchi o`ringa qo`yasiz. Natijada omad ham sizdan yuz o`giradi. Bugundan o`z ustingizda ishlashni boshlang. Nima istaysiz bu hayotdan? Maqsadlarni aniqlashtirib, ular sari dadil qadam tashlang. Xudbin bo`lib qolaman deb qo`rqmang. Me`yorni unutmasangiz, hammasi joyida bo`ladi. O`zingizni sevib yashashni o`rganing.