"Tashkent Book Fest" III Xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi ochildi.



Bugun, 2 noyabr Toshkent markazidagi muhtasham saroy — "Uzekspomarkaz" pavil`oni o`zgacha shukuhga to`ldi. Betinim yoqqan yomg`ir qaramay markazga tashrif buyuruvchilar qadami uzilmadi, zum o`tmay hududni kitob muxlislari qamrab oldi.



Ushbu xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkaning asosiy maqsadi — noshirlik-matbaa sohasida erishilgan yutuqlarni halqaro darajada namoyish etish, mamlakatda noshirlik ishini zamonaviy, yangi bosqichga olib chiqish, ko`rgazma-yarmarka doirasida taqdimotlar orqali o`zbek adabiyotining etuk namunalarini xorijiy tillarga hamda jahon adabiyotining sara namunalarini o`zbek tiliga tarjima qilish borasida kelishuvlarga erishishdan iborat.


Ma`lumot uchun, xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasida Rossiya Federasiyasi, Hindiston, Buyuk Britaniya, Belarus, Armaniston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Tojikiston, Turkiya davlatlaridan soha mutaxassislari, shuningdek, 46 ta xorijiy nashriyot va kitob savdo tashkilotining 98 nafar vakili ishtiroki kutilmoqda.
Shuningdek, O`zbekistondagi 30 ta davlat va xususiy nashriyot hamda kitob savdo tashkilotlari kitob yarmarkalari bilan ishtirok etishadi.

Yarmarka doirasida qatnashchi xorij davlatlarning so`nggi yillarda nashr etilgan eng sara kitoblari, noshirlik sohasidagi yangi loyihalari taqdimotlari; ijodkorlar, mualliflar, tarjimonlar, noshirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, xorijiy soha mutaxassislarining inklyuziv chiqishlari o`rin olgan.

Buni quyidagilardan ham anglashingiz mumkin.



Shu bilan birga, nufuzli xalqaro tadbirdanashr etilayotgan kitoblarning mazmun-mundarijasini boyitish, matbaa sifatini yaxshilash yuzasidan noshirlar, matbaachilar, mualliflar, taniqli olimlarning kitobxonlar bilan ochiq muloqoti tashkil etiladi.
Eslatib o`tamiz, tadbir 2022 yilning 2-4 noyabr kunlari bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.






