AsosiyJamiyat

Jigar transplantasiyasi o`tkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy ko`rik tashkil etiladi

'Jigar transplantasiyasi o`tkazilgan bemorlar uchun bepul tibbiy ko`rik tashkil etiladi'ning rasmi

Shu yil 7 noyabrdan akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining konsultativ poliklinikasida xayriya tadbiri boshlandi.

12 noyabrga qadar davom etadigan ushbu aksiya davomida yurtimiz hamda chet elda jigar transplantasiyasi bajarilgan bemorlar, shu jumladan bolalar bepul tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur maslahat va tekshiruvlar Xirurgiya markazi hamda Rossiyaning akademik V.I.Shumakov nomidagi Milliy transplantologiya va sun`iy organlar tibbiy tadqiqot markazining etakchi mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshiriladi.  

Ma`lum bo`lishicha, fuqarolar kun davomida soat 08:00 dan 17:00 gacha bo`ladigan tibbiy ko`riklarga +998712304560 va +998712304548 telefon raqamlari orqali navbatga yozilishlari mumkin.  

  • Manzil: Toshkent. Kichik halqa yo`li, 10-uy.
  •  Mo`ljal: Chilonzor metro bekati. Markaz konsultativ poliklinikasining 6 va 16-kabinetlari.  
  •  "Yandex" geolokasiyasi: 41.273246, 69.210407  

Eslatib o`tamiz, bemorlardan mavjud tibbiy hujjatlari(kasallik tarixidan ko`chirma, tekshiruv natijalari, elektron vositalar, shu jumladan CD-disklar)ni olib kelishlari so`raladi.

    Boshqa yangiliklar