AsosiySiyosat

Qirg`iziston prezidenti Samarqandga etib keldi

'Qirg`iziston prezidenti Samarqandga etib keldi'ning rasmi

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig`ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Sal avval Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev sammitda ishtirok etish uchun Samarqandga kelgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o`tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga kelgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan muzokara o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar