1

Ayollarning erkaklar bilan munosabatda yo`l qo`yadigan 3 ta xatosi

SUG'DIYONA 06.09.2016, 10:32
Teglar: Ayol, Erkak, Oila, Er-xotin
Ayollarning erkaklar bilan munosabatda yo`l qo`yadigan 3 ta xatosi

Rossiyalik mashhur psixolog, psixoterapevt Mixail Litvak kitobi asosida ayolning 3 asosiy muammosini tahlil qilamiz.

Hozirgi zamon oilasini 3 ga ajratishimiz mumkin.

1.  Ahil er-xotin;
2.  Bir-biriga chidab yashaydigan er-xotin;
3.  Bir-biriga hayolan yoki jismonan xiyonat qiladigan er-xotin.

Demak, ahil oila deganda unda er-xotin bir-birini tushunishga harakat qiladigan oilaga aytsak, bir-biriga chidab yashaydigan oilaga bola-chaqa, uzoq yillar, qaynona-qaynota, kuchsizlik va o`zbekchilik deb yashab kelayotgan er-xotinni kiritishimiz mumkin.

Baxtli va baxtsiz oila degan tushuncha hayotda uchramaydi. Chunki har bir oila hayot davomida baxtli va baxtsiz damlarni boshidan kechiradi.

Bir-biriga hayolida yoki jismonan xiyonat qiladigan er-xotinlar hozirgi kunda ko`payib bormoqda. Bunday oilalarda erkak jismonan xiyonat qiladi yoki bo`lmasa kamida ko`chada boshqa ayollarga xavas bilan qarab yuradi. Undan tashqari shunday oilalar borki, unda xotin boshqa ayollarning eriga, topish-tutishiga, muomilasiga, ko`rinishiga va boshqa uning uchun ijobiy xususiyatlariga xavas bilan qaraydi. O`z eri bilan boshqani erini solishtirib yuradi. Bu ham hayoliy xiyonat desak adashmaymiz.

Ahil bo`lmagan oilalarning asosiy sababchisi etib Mixail Litvak ayolning 3 muammosini belgilaydi:

1. Ayol o`z erini tarbiyalashni istaydi.
2. Uni uradigan, so`kadigan er bilan ham muloyimgina bo`lib yashashda davom etaveradi.
3. Aybi ko`p erkakni hurmat qilib yashayveradi.

Ushbu muammolarni birma-bir ko`rib chiqsak.

1. Erkak uchun ayol avallambor malham bo`lishi kerak. Suyanchiq, tayanchiq bo`la oladigan ayolni erkak hurmat qiladi. Lekin yosh bolani tarbiya qilgandek eriga aql o`rgatadigan, tuppa-tuzuk erini bir yo`lga solishni yoki uni o`zgartirishni maqsad qilgan ayol erkakni nafratini uyg`otishi hech gap emas. Erkak hadeb ayolidan tarbiya ko`raversa, u ayoliga o`z onasidek qaraydigan bo`lib qoladi. Uni jinsiy istamay qoladi. Undan o`zini zaifdek his eta boshlaydi. Natijada esa, o`z qadrini o`z ko`zida oshirish uchun so`kish, qo`pol gapirish, siltash, sovuqqon bo`lishni boshlaydi.

2. Ayol qadrini bilmasa, hech qaysi erkak uni qadrlay olmaydi. Litvakning aytishicha, turmush qurishdan oldin ayol ham, erkak ham avallo o`z qadrini bila olgan bo`lishi lozim. O`zbek oilalarida tug`ilgan qizning qadri juda past bo`ladi. "Qiz tug`ilibdi", deb, noliydigan, qizni kamsitib katta qiladigan ota-onalar juda ko`p. Bunday oilada katta bo`lgan qiz o`zini qadrini bilmaydi. Er uni so`ksa ham, ursa ham, men shunga loyiqman deb o`ylaydi. Chidashni afzal ko`radi. To`g`ri, ajrashish bilan muammo hal bo`lmaydi. Chunki bunday ayollar ajrashgani bilan keyin erga tega olmaydi, tekkan taqdirda ham yana kamsitiladi. Chunki u hali o`zini qadrlashni bilmaydi. Ajrashish ham kerak emas, chidash ham mumkin emas. Ayol o`zini seva bilishi lozim. Erining so`kishiyu, qo`l ko`tarishlariga chek qo`yish yo`lini izlashi kerak. Bunga oddiy holdek, hammani eri shunday deb, qarashi noto`g`ri. Eri ursa, "Dadasi ovqat eysizmi,"degandan ko`ra, arazlab, hafa bo`lib, erkalanib, yosh boladek nozlanib, kerak bo`lsa, artist bo`lish talab etiladi. Erkak, yonida bir pol latta emas, o`zini seva biladigan boshi tik ayolni ko`ra olsa, unga oyoq artishi qiyinroq bo`ladi. 

3. Ichadigan, yuradigan erkak bilan indamay yashab yuradigan ayollar ham kam emas. Shu erkak bilan yashashga biron sabab bordur yashashda davom etadi. Yashayversin, lekin ichish, xiyonat qilishlariga chidash kerak emas.

U holda "Ichmang", "Yurmang" deb eriga kim ayta olar ekan? Ayta olgan taqdirda ham kim unga quloq solar ekan? Qaddi rostlangan ayol! Hurmatga sazovor ayol. Boshi egilgan, o`zini supurgidek his etadigan, ota-onasidan yoshligida ko`plab kamsitishlar olgan ayol emas. Erkak yonida o`ziga ishongan, ko`zlari chaqnab turgan, ruhan kuchli ayolni ko`rsa, uni hurmat qila oladi.

O`zbek ayollari esa ruhan kuchsiz bo`lib, erkakdek jismoniy kuchi ko`p bo`ladi. O`zi bemalol 20 kg kartoshkani bozordan olib kelaveradi. Bunday ayol erini ko`zida ayolligini bora-bora yo`qotadi. Bunday ayolning gapi erkak uchun bir tiyin bo`lib qoladi. Erkak ichishdan, hiyonat qilishdan bosh tortishi uchun u yonidagi ayolning gapini eshita olishi kerak. Yonida haqiqattan AYoLni ko`ra olsa, eshitadi. Albatta eshitadi.

Dunyoning manaman degan podshohu ulamolari ayolining birgina gapi bilan butun bir davlatning siyosatini o`zgartirib yuborgani barchaga ayon bo`lgan tarixiy faktdir.

Nahotki, oddiy bir erkakni ayol o`z kuchi, mehri, shirin so`zi va ayyorligi bilan yo`lga sola olmasa? Shuni unutmaslik kerak, bu 1 kunlik ish emas.

Ayolning ushbu 3 maummosi tufayli oilalarda ko`plab kelishmoqvchiliklar yuz beradi. Oiladagi ahillik 90 foiz ayolga bog`liq desak adashmagan bo`lamiz. Ayol birinchi navbatda o`ziga nazar tashlashi lozim. Lekin o`zini aybini izlash uchun emas, o`zidagi ayollik kuchni, ayollik qadrini, ayollik go`zalligini topish uchun. 

Yuqorida ta`kidlangan 3 muammodan holi bo`lgan ayol oila aravasini ravon yo`ldan olib bora oladi.

Manba: Uzbaby.uz

Sharhlar

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p?

26.09.2021, 17:45

O`zbekistonning qaysi hududida oilalar soni ko`p? Davlat statistika qo`mitasi ma`lumot berdi. Unga ko`ra, 2021 yilning 1 yanvar holatiga O`zbekiston Respublikasida jami 8 871 412 ta oila...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Ayolning joni qirqta, ammo qismati bittami? Yoxud zo`ravonlik va tazyiq qurbonlari… (video)

01.06.2021, 18:32

So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda xotin-qizlarning tahqirlanishi, ayovsiz kaltaklanish holatlari aks etgan xabar va voqealar haqidagi chiqishlar keskin ortib ketdi. Ammo bu kabi vaziyatlar kechagina sodir...
O`zbekistonda 2030 yilga qadar oila instituti yanada mustahkamlanadi

27.05.2021, 16:56

AOKAda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.Anjumanda  “O`zbekiston Respublikasida oila institutini 2030 yilgacha yanada mustahkamlash konsepsiyasi” mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1