Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy davlatlar sammitida Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev ham nutq so‘zladi.
Ilhom Aliyev barcha turkiy davlatlar rahbarlarini Qorabog‘ va Zangizarga taklif etdi, deya xabar bermoqda “darakchi.uz” muxbiri.
"Qorabog‘dagi urush yakun topdi. Biz Zangizar koridorini ochdik. Bu koridorning ochilishi mintaqaning barcha mamlakatlariga naf keltiradi", — Ilhom Aliyev.
Shu bilan birga, Ozarboyjon prezidenti O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Fuzuliy viloyatida maktab binosi qurish tashabbusi va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mard To‘qayevlarga madaniyat markazi qurilishi uchun minnatdorlik bildirdi.