AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Istanbuldagi portlash oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lishi munosabati bilan Rejep Tayyib Erdo`g`onga ta`ziya yo`lladi

'Shavkat Mirziyoev Istanbuldagi portlash oqibatida ko`plab insonlarning halok bo`lishi munosabati bilan Rejep Tayyib Erdo`g`onga ta`ziya yo`lladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Turkiyaning Istanbul shahri Beyo`g`li tumanidagi Istiqlol ko`chasida yuz bergan portlash oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Rejep Tayyip Erdog`anga ta`ziya yo`lladi.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning oila a`zolari hamda yaqinlariga taskin-tasalli va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda sog`ayib ketishini tiladi.

    Boshqa yangiliklar