AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

'O`zbekiston Prezidenti “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 noyabr kuni Xorijiy investorlar kengashining birinchi majlisi doirasida “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan bilan uchrashuv o`tkazdi.

Joriy loyihalarni amalga oshirish masalalari va o`zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari kompaniya mamlakatimizning turli hududlarida energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish va qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishga hissa qo`shayotganini yuqori baholadi.

Kompaniya investisiyalarini vodorod energetikasini rivojlantirish, shamol elektr stansiyalarini qurish, xorijiy ekspertlar ishtirokida yuqori malakali milliy kadrlarni tayyorlashga jalb qilish muhimligi qayd etildi.

Muhammad Abdulla Abunayyan kompaniya O`zbekiston bilan uzoq muddatli va keng ko`lamli hamkorlikni kengaytirishga, shuningdek, kelgusi yilning birinchi choragida Toshkent shahrida O`zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi yig`ilishini o`tkazishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

    Boshqa yangiliklar