AsosiyJamiyat
3687

Toshkentga cheklov kiritiladi: tunda markaziy ko`chalaraning yoritish chiroqlari o`chiriladi

'Toshkentga cheklov kiritiladi: tunda markaziy ko`chalaraning yoritish chiroqlari o`chiriladi'ning rasmi

Bugun, 16 noyabrdan boshlab Toshkentda ko`cha yoritish tarmoqlari vaqtinchalik tungi iste`molini cheklash tartibiga o`tkazildi. Bu haqda "Toshshaharnur" davlat unitar korxonasi xabar qildi.

"Hozirgi kunda hukumat elektr energiyasi iste`molchilarining oldiga yana bir muhim vazifa – energiya resurslaridan ehtiyotkorlik va mas`uliyat bilan foydalanish vazifasini qo`ydi. "Toshshaharnur" davlat unitar korxonasi umumiy vazifalarni bajarib, 16 noyabr kunidan boshlab vaqtinchalik ko`cha yoritish tarmoqlarini tungi iste`molini cheklash tartibiga o`tkazadi. Toshkent shahri aholisi va mehmonlari kechki va tungi vaqtda yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklarni tushunadilar, shuningdek, kundalik hayotda elektr energiyasidan oqilona va tejamkor foydalanishning umumiy vazifalarini hal qilishda faol ishtirok etadilar, deb umid qilamiz", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek, qo`shimcha qilinishicha, ko`cha yoritish tizimlarini energiya tejash rejimiga o`tkazish asosan markaziy ko`chalarning yoritish tizimiga va illyuminasiya chiroqlariga taaluqli bo`lib, ko`cha chiroqlari butunlay o`chirilmaydi. Ko`chalar, aholi yashash joylari, mavze va mahallalar me`yor darajasida yoritilishi ta`minlanadi.

Mavzuga doir:

Elektr ta`minotida bir soatdan ortiq cheklov kiritgan mas`ullarga chora ko`riladi —energetika vaziri o`rinbosari

Nega shaharlardan ko`ra qishloqlarda ko`proq svet o`chadi? (video)

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar