Evropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo`yicha oliy vakili, Evropa komissiyasi vise-prezidenti Jozef Borrel Samarqandga keldi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, Evropa diplomatiyasi rahbari "Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo" formatidagi yirik tadbirlarda ishtirok etadi.
Samarqand xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov kutib oldi.