1

Dunyo aholisining qariyb yarmi og`iz bo`shlig`i kasalliklaridan aziyat chekmoqda - JSST

Salomatlik 19.11.2022, 12:53
Dunyo aholisining qariyb yarmi og`iz bo`shlig`i kasalliklaridan aziyat chekmoqda - JSST

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, sayyoramiz aholisining 45 foizi, ya`ni 3,5 milliardga yaqin kishi tish, milk va boshqa og`iz bo`shlig`i xastaliklari bilan kurashmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi

Xususan, so`nggi 30 yilda bemorlar soni bir milliard nafarga ko`paygan.

Qayd etilishicha, mazkur kasalliklar orasida eng ko`p tarqalgani tish kariesidir. Hozir u dunyo bo`yicha 2,5 milliardga yaqin odamda uchraydi.

Shuningdek, har yili qariyb 380 ming nafar bemorga og`iz bo`shlig`i saratoni tashxisi qo`yilmoqda.

Hisobotda qayd etilishicha, Er yuzi aholisiga stomatologik xizmat ko`rsatish yo`nalishida muammo va to`siqlar talaygina. Ulardan eng asosiysi ushbu turdagi tibbiy xizmatlar narxi sezilarli darajada qimmatligidir.

Shundan kelib chiqib, JSST mazkur muammoni hal qilishga doir tavsiyalarni e`lon qildi. Jumladan, og`iz bo`shlig`i kasalliklarini davolashda tibbiyotning birlamchi bo`g`ini imkoniyatlaridan kengroq foydalanish yaxshi natija berishi mumkin.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1