1

Bunday ko`rgazma yaqin 30 yilda takrorlanmaydi – Luvrdagi ko`rgazma kuratori

Madaniyat 21.11.2022, 18:57
Bunday ko`rgazma yaqin 30 yilda takrorlanmaydi – Luvrdagi ko`rgazma kuratori

Bu haqda ilmiy tadqiqotchi, arxeolog, Luvrdagi ko`rgazma kuratori Rokko Rante fikr bildirdi:

– "O`zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo`llari chorrahasida» nomli ko`rgazma o`ziga xosdir. Fransiyada, umuman, Evropada ilk bor O`zbekistondan bunday nodir eksponatlarni namoyish etmoqdamiz. 

Eksponatlarning soni 130 dan ortiq, ba`zilari esa yaqindagina topilgan. Ushbu ko`rgazma katta sa`y-harakatlar va restavrasiya ishlari, ilmiy izlanishlar samarasidir.

O`ylaymanki, bunday ko`rgazma yaqin 30 yilda takrorlanmaydi".

Shuningdek u Luvrdagi “O`zbekiston vohalari xazinalari bu haqda gapirdi. 
— Ko`rgazmani g`ayrioddiy qilish uchun biz maxsus effektlarni o`ylab topdik, buning yordamida tomoshabinlar uning atmosferasiga sho`ng`ib ketishadi. 

Misol uchun, tashrif buyuruvchi ekspozisiyadan birinchi navbatda Varaxsha shahridan VII asrga oid devor panelini ko`radi. Unda ikki yo`lbarsning hujumiga uchragan chavandozlar bilan fil tasvirlangan. 

Jamoatchilik ushbu ko`rgazmani tomosha qilar ekan, ular shamol tovushlarini, hayvonlarning shovqinini va boshqa ovozlarni eshitishlari mumkin. Shu bilan birga, zaldagi yorug`lik o`chadi va panno, aksincha, yorqinlashtiriladi. Shunday qilib, tasvirlangan voqealarning hayotda mavjudligi haqidagi taassurot paydo bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1