Ijtimoiy tarmoqlarda “Parkentda qizlar janjallashdi” izohi bilan video tarqalmoqda.
Mazkur holat tuman IIB xodimlari tomonidan o`rganildi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati. Ma`lum bo`lishicha, videodagi voqea, 2022 yilning iyun oyida, Parkent tumani 43-maktabning 2 nafar, 2003 va 2004 yilda tug`ilgan bitiruvchi (o`quvchi) qizlari o`rtasida kelib chiqqan.
Shu kunga qadar, ular yoki yaqinlari tomonidan Ichki ishlar organlariga mazkur voqea bilan bog`liq murojaat yoki ariza kelib tushmagan.
Voqea janjalni tomosha qilgan 20 yoshli yigit S.Z. tomonidan tasvirga olingan va bugungi kunga kelib internet tarmoqlarida tarqatilgan.
O`rganish davomida, ushbu shaxslarning xatti-harakatida O`zbekiston Respublikasi MJtKning 183-moddasida ko`rsatilgan huquqbuzarlik alomatlari bo`lganligi sababli, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to`plangan hujjatlar qonuniy chora ko`rish uchun JIB Parkent tumani sudiga yuborildi.
06.02.2023, 13:36
Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumanida Nexia-3 va yuk mashinasi ishtirokida oxiri o`lim bilan yakunlangan YTH sodir bo`ldi. Bu haqda Qoraqalpog`iston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.Ma`lum qilinishicha,...06.02.2023, 09:34
Turkiya janubida 1 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladigan Gaziantep shahri yaqinida 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi. Evropa-O`rtaer dengizi seysmologiya markazi ma`lumotlariga ko`ra, zilzila episentri aholi...04.02.2023, 10:59
DXX tomonidan Farg`ona, Andijon va Samarqand viloyatlarida narkotik moddalar musodara qilindi, deya xabar berdi "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati. Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi, 1993 y.t. fuqaro...04.02.2023, 10:15
Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki maktab o`quvchilarini o`g`irlashmoqchi bo`lishayotganligi haqida video xabarlar tarqalmoqda.Mazkur video tarqalidan so`ng, bolalarning yaqinlari deb aytilgan audio ham tarqaldi.Holat bo`yicha IIV o`rganish natijalarini...