AsosiyDunyo

JSST pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan ustuvor patogenlar ro`yxatini yangilashga kirishdi

'JSST pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan ustuvor patogenlar ro`yxatini yangilashga kirishdi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti kelgusida epidemiya yoki pandemiyani keltirib chiqarishi mumkin bo`lgan ustuvor patogenlar ro`yxatini yangilashga kirishdi, deya xabar bermoqda SSV matbuot xizmati. 

Buning uchun 300 nafardan ortiq olimlar jalb qilindi. Ular 25 ta virus va bakteriya guruhlariga doir ma`lumotlarni ko`rib chiqadi. Shuningdek, kelgusida “X kasalligi” yuzaga chiqarishi mumkin bo`lgan ehtimoliy xavf omillari o`rganiladi.  

Natijada to`plangan manbalar infeksiyalarga qarshi yanada samarali vaksina hamda preparatlar yaratish, sog`liqni saqlash sohasiga doir zarur chora-tadbirlar hamda strategiyalarni ishlab chiqishda foydalaniladi. Qayd etilishicha, ilk bor patogenlar ro`yxati 2017 yilda nashr etilgan. Shundan so`ng faqat bir marta ushbu ro`yxat ommaviy yig`ilishda muhokama qilingan.

Yangi ro`yxatdan esa COVID-19, Qrim-Kongo gemorragik isitmasi, Ebola va Marburg viruslari, Lassa isitmasi, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS), og`ir o`tkir respirator sindrom (SARS), Nipah virusi, Rift vodiysi isitmasi, Zika virusi va “X” kasalligi joy olishi ko`zda tutilgan.

JSSTning etakchi olimi Sumiya Svaminatanning ta`kidlashicha, ustuvor patogenlar ro`yxati insoniyat salomatligini asrash yo`lida profilaktik choralar vazifasini o`taydi.  

Yangilangan ro`yxat kelgusi yilning birinchi choragida e`lon qilinishi kutilyapti.  

 

 

    Boshqa yangiliklar