AsosiySPORT

Luish Figu: Ronaldu bir vaqtlar “Barselona” a`zosiga aylanishi mumkin edi

Portugaliya terma jamoasi, "Barselona" hamda "Real" klublarining sobiq...

Portugaliya terma jamoasi, "Barselona" hamda "Real" klublarining sobiq yarim himoyachisi Luish Figu “Real”ning ayni damdagi etakchisi Krishtianu Ronaldu haqida qiziqarli ma`lumotlarni aytib o`tdi. Portugaliyalik sobiq futbolchining so`zlarini Newsweek nashri keltirdi

– Ronaldu "Barselona"ga o`tishi mumkin edimi? Futbolda barcha xaridni amalga oshirsa bo`ladi. Ba`zida pul katta ahamiyatga ega emas. Mening “Barselona”dan ketib, "Real"ga kelishimning asosiy sababi klub prezidentining shaxsan chaqiruvi edi. Taklifni olgandan so`ng bu haqda "Barselona"ga xabar berdim va maoshimni ko`tarishlarini aytdim, – dedi Figu.

Eslatib o`tamiz, Figu 1995–2000 yillar davomida “Barselona”da, 2000––2005 yillarda esa “Real” sharafini himoya qilgan. 

Boshqa yangiliklar