Ayol kishini sevgi va kosmetika go`zal qiladi. Lekin kosmetikadan hamma ham to`g`ri foydalanishni bilmaydi, deb yozadi “Uzbaby.uz” nashri.
Bo`yanishda ko`p xato qilib qo`yish mumkin, ularni 5 asosiy guruhga bo`lib ko`rib chiqishimiz mumkin:
1. Baza (tonal) kremi rangining yuz rangiga mos kelmasligi.
Baza kremini tanlayotganingizda yuz rangiga nisbatan juda och yoki juda to`q bo`lganini tanlamang. Krem shunday tanlanishi lozim-ki, bo`yin terisi yuz terisidan ajralib turmasin. Buning uchun do`konda kremni tanlayotganingizda qo`lingizga emas balki yuzingizning pastgi qismiga surtib ko`ring. Juda och ko`ringan rang sizni kasaldek ko`rsatib qo`yadi. Juda to`q rang yuzingiz niqobdek ko`rinadi.
Eng qulay va oson foydalaniladigan baza kremlari suyuq bo`ladi. Quyuq baza kremlarini surtganda teriga ko`p surilib ketib qo`pol ko`rinishi mumkin.
Baza kremini yuzga qo`l bilan surtish aslo mumkin emas. Suyuq shaklidagi baza kremini bir oz namlangan gubkada yuzga asta-asta surtish lozim. Baza kremini juda kam miqdorda yuz bo`ylab tarqatib bir xil qalinlikda surtish kerak.
2. Ko`z tenlarini o`rniga rumyanadan foydalanish.
Rumyanalrni ko`z qovoqlariga sursangiz, ko`zingiz qizargan bo`lib ko`rinadi. Shoshayotgan bo`lsangiz yoki oldingizda ten bo`lmasa rumyanalarning faqatgina sut rangini yoki biroz tilla rang qo`shilgan sut rangligidan foydalanishingiz mumkin.
Ko`z qovog`iga ten surayotganizda ko`zning ichki qismi doimo tashqi qismiga nisbatan ochroq bo`lishi kerakligi haqida unutmang.
3. Lab atrofini to`q rangda chizish.
Lab qalami pomadaga nisbatan to`q rangda bo`lmasligi lozim. Aks holda labingiz tabiiy ko`rinmaydi. Undan tashqari oldin qalamda kontur chiziladi, undan keyin esa pomada surtiladi.
4. "Chizilgan" qoshlar.
Qoshingizni bo`yayotganingizda nihoyatda ehtiyot bo`ling. Qoshlar terilgan va aniq shaklga ega bo`lishi lozim. Lekin qalamni ishlatayotganizda uni asta-asta qoshingizga tekkazib, shakl keltirish uchun faqat zarur bo`lgan joylarini bo`yab qo`yishingiz mumkin.
5. Labni haddan tashqari ko`p yaltirlatish.
Labni yaltiratuvchi bo`yoqni tanlayotganizda quyidagilarga ahamiyat bering:
siz bo`yoqni deyarli sezmasligingiz lozim;
bo`yoq dumaloq bo`lib yig`ilib qolmasligi lozim;
labda qum bordek sezilmasligi kerak.
Esingizda bo`lsin, hamma narsa evi bilan chiroyli. Lab bo`yog`ini ham, ayniqsa yaltiratuvchi bo`yoqlarni labga 1-2 marta yurgazsangiz etarli bo`ladi.