AsosiyJamiyat

"O`zgidromet" noyabrning oxiri va dekabr boshida bizni qanday ob-havo kutayotganini ma`lum qildi

'"O`zgidromet" noyabrning oxiri va dekabr boshida bizni qanday ob-havo kutayotganini ma`lum qildi'ning rasmi

Kelayotgan hafta oxirlariga borib, sovuq antisiklon chet qismi O`zbekistonga chuqurroq kirib kelishi va joylarda haroratni sezilarli sovitishi kutilmoqda. 

O`zgidromet prognozlarida 30 noyabrdan boshlab shimolda harorat -8 darajagacha pasayishi aytilgan. Yuqoridagi kartada 1 dekabr kuni kunduzgi 11.00 muddatda respublikaning shimoliy va Navoiy viloyati hududlarida -6 -8 daraja sovuq bo`lishi ko`rsatilgan. 

2 dekabr kunidan boshlab antisiklon chetki qismi respublikaning janubi va sharqi tomon harakatlanib, ko`plab viloyatlarda haroratni sezilarli pasayishiga olib keladi. Mana shu davrdan boshlab, nam havo oqimlari oxirgi bosqichidan respublika katta qismida qor yog`ishini kuzatish mumkin. Vaziyatni kuzatamiz.

    Boshqa yangiliklar