AsosiyJamiyat

Arzonga baholanayotgan erlar, onkobemorlar taqdiri yoxud xususiylashtirish... Ijtimoiy tarmoqda yo`llanayotgan e`tirozlarga javob berildi

Arzonga baholanayotgan erlar, onkobemorlar taqdiri yoxud xususiylashtirish... Ayni kunlard...

'Arzonga baholanayotgan erlar, onkobemorlar taqdiri yoxud xususiylashtirish...   Ijtimoiy tarmoqda yo`llanayotgan e`tirozlarga javob berildi'ning rasmi

Arzonga baholanayotgan erlar, onkobemorlar taqdiri yoxud xususiylashtirish... Ayni kunlarda shu masalalarga oid savollar muhokamalar markazida bo`lib turibdi.

Xo`sh, Toshkentdagi onko-shifoxonalar nima uchun sotilyapti? Yangi qurilish qanday hujjatlar asosida olib borilmoqda. Faqat binolarni qurish onko-tibbiyot echimi bo`ladimi? Jurnalistlar uchun ayni mavzuga oid press turda mutasaddilar ijtimoiy tarmoqni larzaga keltirgan yuqoridagi savollarga javob olishdi.

Ma`lumot uchun, ayni kunlarda poytaxtimizning Olmazor tumanidagi “Shifokorlar” ko`chasida birlashgan onko-shifoxonalar qurilmoqda. 

Hudud 3 nuqta, ya`ni Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, uning poytaxt hamda Toshkent viloyati filialini birlashtiradi. U erda Toshkent shahri va viloyati fuqarolari uchun tibbiy yo`llanmasiz, boshqa hududlardan kelgan bemorlar uchun yo`llanma asosida bepul tibbiy xizmat ko`rsatilishi kutilmoqda.

Amrillo Inoyatov, 

Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari:

— Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1968 yil barpo etilgan bo`lib, bugungi kunga qadar biror marta kapital ta`mir va rekonstruksiya ishlari bajarilmagan. Faqat 2019 yil uning hududidagi Markaziy poliklinikada ta`mirlash jarayonlari o`tkazilgan. Xuddi shunday Toshkent shahar filiali 2012, viloyat filiali 2008-2009 yillarda to`liq rekonstruksiyadan chiqarilgan.

Ta`kidlash joizki, barpo etilayotgan yangi kompleksda amaldagi markazda bo`lmagan mutlaqo  yangi:

  • Streotaksis radio-jarrohlik (bosh miya saratonini davolash);
  • chiziqli tezlatgich orqali nur terapiyasi;
  • pozitron-emission tomografiya (PET-KT);
  • yadro izotoplari bilan tashxislash va davolash amalga oshiriluvchi yadro tibbiyoti;
  • yuqori dozali kimyo va imunno terapiyasi;
  • kup funksiyasi angiografiya (kam invaziv, edovizual va intervension jarrohligi uchun);
  • suyak o`zak hujayralari tranplantasiyasi;
  • Molekulyar genetik labaratoriya kabi 10dan ortiq yangibo`limlar tashkil etiladi.


Xo`sh, qurilish  ishlari o`zi qachon boshlangan? Modomiki qurilish ishlari reja qilingan ekan ayni paytda faoliyat yuritayotgan markazlarni sotishdan nima naf? Jurnalistlar qator savollar bilan mutasaddilarga yuzlanishdi.

Amrillo Inoyatov, 

Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari:

— Hozirda faoliyat yuritayotgan uchta onkologiya markazlari jahon standartiga javob bermaydi. Bizning oldimizda zamonaviy onkologiya markazi qurish vazifasi turibdi. Yangi markaz eski Onkologiya markazlarini o`rnida emas, boshqa joyda qurilmoqda. Eski onkologiya markazlari esa ayni kunlarda sotuvga qo`yilgan. Eski markazlar sotilgandan so`ng undan tushgan pullar yangi qurilayotgan markaz uchun yo`naltirilishi belgilangan.

Yangi markaz qurish uchun aynan yangi joy tanlashimiz ham bejiz emas. Chunki u erda butun bir tibbiyot akademiyasi va shifoxonalar mavjud. Biz bu bilan tibbiyot sohasiga aloqador bo`lgan bir nechta markazlarni bir joyga to`playapmiz. Bundan maqsad yurtdoshlarimizga qulaylik yaratishdir. Eski onkologiya markazlaridan birining o`rniga qurmayotganimizni sababi – agar biz u erda yangitdan bino qurushni boshlasak juda qimmatga tushadi. Hozirgi qurayotgan markazimizdan bir necha barobar ko`p mablag` sarflanadi. Shuning uchun yangi joyga qurishni maqul topdik. Buni Prezidentimiz ham ma`qullagan.

Bizga ayon bo`lgan axborotlarga ko`ra, dastlab prezidentning 2021 yil 28 mayda kuchga kirgan qarorida yangi joyga faqat Respublika onkologiya va radiologiya markazini ko`chirish rejalashtirilgani aks etadi. Unda markaz Olmazoradagi Toshkent tibbiyot akademiyasi poliklinikasining bo`sh bo`lgan hududida joylashishi aytilgan. 

Ma`lum bo`ldiki, hozirgi shifoxona binolari yangi majmua qurish xarajatlarini qoplash uchun “E-auksion” orqali onlayn ausion uchun sotuvga qo`yilgan.

Xususan, 9,4 gektar maydonni egallagan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 281 mlrd 784 mln so`m, markazning 4,6 gektar maydonda joylashgan Toshkent shahar filiali160 mlrd 557 mln so`m hamda markazning 2,6 gektarli Toshkent viloyati filiali92 mlrd 94 mln so`m boshlang`ich bahoda sotuvga qo`yilgan. Barcha ob`ekt bo`yicha ham savdolar 2022 yilning 12 dekabr kuni narxi oshib borish tartibida o`tkaziladi.

Savdo bo`yicha auksionda g`olib chiqqan tadbirkor yangi majmuaga ko`chib o`tish tugaguniga qadar ikki oy davomida sobiq poliklinikalar hududida hech qanday qurilish ishlarini olib bormaslik talab etiladi.

Bularning barchasi tushunarli ammo qurilish kimga berilgan. Jarayon tender asosida o`tkazilganmi yoki yo`q. Jurnalistlar tomonidan bir necha marotaba yo`llangan savollardan so`ng masala o`z echimini topgandek bo`ldi.

Sog`liqni saqlash vazirining birinchi o`rinbosari Amrillo Inoyatovning ma`lumot berishicha, yangi bino qurish ishlari Vazirlar Mahkamasining yopiq qarori asosida “Mimar Group" mas`uliyati cheklangan jamiyatiga berilgan. Bu bo`yicha tender o`tkazilmagan, biroq...

“Ishchi guruh uchta shifoxonani bir joyga jamlash konsepsiyasining ahamiyatini inobatga olgan holda xalqaro tajribani o`rgandi vaoradan ikki oy o`tib, iyul oyida markazning yana ikkita shifoxonasini qo`shish to`g`risida ikkinchi qaror chiqdi”,— deb tushuntirdi u.

 Markaziy Osiyoda muqobili yo`qligi, bunday zamonaviy majmuani qurish uchun hamma mahalliy kompaniyalar ham etarli malakaga ega emasligini ta`kidladi.

“Hurmatli prezidentimiz istisno tariqasida hukumatga eng yaxshi taklifni tanlashga ruxsat berish huquqiga ega. Siz bizdan yaxshi bilasiz”, — dedi u.

Ma`lumot o`rnida, kompleksda 9 ta bunkerdan iborat radioterapiya arsenali ishga tushiriladi. Birida to`xtalishlar yuz bergan taqdirda ham boshqalari uning o`rnini to`ldirishi natijasida davo muolajasi uzluksizligi ta`minlanadi.

Bemorlar uchun dori-darmon tayyorlash va etkazishning yangicha tizimi amaliyotga tatbiq etiladi.

Kompleks necha o`ringa mo`ljallangan?

  • Bino — 8 qavat;
  • stasionar — 650 o`rinli;
  • kunduzgi stasionar — 100 o`rinli;
  • poliklinika —  500 qatnovga mo`ljallangan.

Muassasa ishga tushgunga qadar 100 nafardan mutaxassis Koreya Respublikasi va Turkiyada malaka oshiradi. Bu jarayon shaxsan davlat rahbari topshirig`i asosida amalga oshirilmoqda. 

Xususan, prezidentning 29 noyabr kuni o`tkazilgan onkologiya va endokrinologiya tibbiyot markazlari qurilishiga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishuv chog`ida Shavkat Mirziyoev markazlarga xorijdan mutaxassislar jalb etish, shifokorlarni jahon tibbiyoti yutuqlari asosida qayta o`qitish, ilmiy tadqiqotlarni rag`batlantirish bo`yicha ko`rsatmalar bergandi. 

Eslatib o`tamiz, yangi kompleksning dastlabki qiymati 600mlrd. so`mni tashkil etmoqda. Unga tibbiy jihozlarni joylashtiri uchun Islom taraqqiyot bankining 80 mln. dollari yo`naltiriladi.

Hudud 2023 yilning may oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar