1

Ertaga Qoraqalpog`iston voqealari bo`yicha ochiq sud bo`lib o`tadi

Jamiyat 27.11.2022, 18:16
Ertaga Qoraqalpog`iston voqealari bo`yicha ochiq sud bo`lib o`tadi

2022 yil 28 noyabr kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi. Bu haqda O`zbekiston Oliy sudi Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi boshlig`i Aziz Obidov ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog`iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`ati sudyasi E. Abibullaev raisligida birinchi instansiya sudida ko`rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko`ra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallxanova, A. Turdanov, A. Smetullaev, D. Djiemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Naypov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebaev, S. Kalilaev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan “qamoqqa olish”, 1 nafariga “uy qamog`i” va 1 nafariga “jamoa kafilligi” tarzidagi ehtiyot choralari qo`llanilgan.

"Sud jarayoni ochiq tarzda o`tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to`g`ridan-to`g`ri kuzatishga mo`ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan", — deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1