AsosiyJINOYAT

⚡️ Xorazmda ichki ishlar xodimi IIB binosida o`zini otib o`ldirdi

Joriy yil 26 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanida IIB xodimi U.R. tuman IIB bino...

Joriy yil 26 noyabr kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanida IIB xodimi U.R. tuman IIB binosida xizmat quroli orqali o`z joniga qasd qildi. Bu haqda Xorazm viloyati prokuraturasi xabar bermoqda. 

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, U.R.ning o`z joniga qasd qilishiga oilaviy kelishmovchilik oqibatida kelib chiqqan ruhiy siqilish sabab bo`lgan.

Holat yuzasidan Yangiariq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

    Boshqa yangiliklar