Toshkentda mahalla raisi nega nogironni tepgan edi? Ish sudda ko`rildi (video)

Jamiyat 29.11.2022, 22:47
Toshkentda mahalla raisi nega nogironni tepgan edi? Ish sudda ko`rildi (video)

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumanidagi “Armug`on” mahallasi raisi tomonidan nogiron fuqaro kamsitilgani hamda kaltaklanganligi aks etgan video tarqalgandi...

Bugun, 29 noyabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Yakkasaroy tuman sudida A. Q. (1963 yilda tug`ilgan) ga oid ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqilib, u Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi, deya xabar bermoqda “darakchi.uz” muxbiri.

Ish hujjatlariga ko`ra, A. Q. 2022 yil 27 noyabr kuni soat 12:20 larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Boshliq mavzesi “Armug`on” mahallasi, KXAY ko`chasi, 9-uy oldida bo`la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib, fuqaro I. P. ni orqa qismiga tepib, mayda bezorilik qilgan va ushbu holat internet tarmog`i orqali keng muhokamalarga sabab bo`lgan.

Sudda har ikki tomon tinglandi. 


Sudning qarori bilan A. Q. ga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudiga apellyasiya shikoyati (protesti) berilishi mumkinligi ma`lum qilinadi. 

 

Sharhlar