1

“Dada degin” filmining yopiq premerasi bo`lib o`tdi

Madaniyat 30.11.2022, 11:58
“Dada degin” filmining yopiq premerasi bo`lib o`tdi

Kinematografiya agentligi hamda O`zbekiston milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi  va “Kinomaniya” kinostudiyasi hamkorligida suratga olingan, rejissyor Muhammadiso Abdulxayirovning “Dada degin” filmini “Kinochilar uyi” kinoteatrida yopiq premerasi o`tkazildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Drama janrida suratga olingan mazkur kartinada uzoq yillardan buyon farzandsizlikdan qiynalayotgan oilada kechgan voqeliklar to`g`risida hikoya qilinadi. Bosh qahramon Botir aka o`zi befarzand ammo beshik yasovchi usta obrazida gavdalanadi. Uning hayotdan yagona ilinji farzandli bo`lish yohud bola tilidan chiqqan “dada” kalomini eshitish edi.  

Uning farzandsizligi tufayli atrofidagilarning unga nisbatan yomon munosabati filmda yaqqol ko`zga tashlanadi.  

Botir akaning rafiqasi Gavhar bolalar uyida tarbiyachi bo`lib ishlaydi. U ishlaydigan bolalar uyida Sardor ismli tarbiyalanuvchiga             er-xotinning mehri tushib qolgan va oxir oqibat ular bolani asrab olishga qaror qilishadi.

Filmdagi asosiy konflikt bola asrab olish qaroridan so`ng boshlanadi. Bundan tashqari, beshik yasash sirlari, beshik uchun foydalaniladigan turli anjomlar va boshqa qiziqarli kadrlar filmdan joy olgan.  



 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1