AsosiySport
4753

“Sporting” prezidenti Krishtianu Ronalduni ortga qaytarmoqchi

Portugaliyaning “Sporting” jamoasi prezidenti Brunu de Karvalyu klubning sobiq futbolchisi, ayni damda “Real” etakichisi Krishtianu Ronalduni qaytarib olish istagi bor ekanini yashirmadi. Bu haqda iSport.ua nashri ma`lum qilmoqda.

“Krishtianu bizga qaytishini istardim. Futbolchilarimizni qaytarish uchun o`z kuchimizni ishlata olmamiz. 2014 yili Nanini ham qaytargandik.

Ronaldu o`z faoliyatini shu erda, o`z uyida yakunlasa yaxshi bo`lardi. U “Sporting”ga ko`p narsa berdi, ammo u kesa barchasi o`zgacha bo`lardi. U doimo klubimiz haqida iliq so`zlar bildiradi”, – dedi De Karvalyu. 

Boshqa yangiliklar