1

AI-80 rusumli benzin yo`q deb qimmat benzinlarni sotishayotgani aytilmoqda. Energetika vazirligi oydinlik kiritdi

Iqtisodiyot 06.12.2022, 12:02
AI-80 rusumli benzin yo`q deb qimmat benzinlarni sotishayotgani aytilmoqda. Energetika vazirligi oydinlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda "AI-80 rusumli benzin yo`q deb qimmat benzinlarni sotishayotgan ekan" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Energetika vazirligi rasmiy ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, hozirgi kunda "O`zbekneftgaz" AYoQShlarida AI-80 rusumli avtobenzinning narxi oshirilmagan va uning 1 litri 6 800 so`mligicha saqlanib qolmoqda. Shuningdek, AI-92 markali avtobenzin 9500 so`mdan va AI-95 markali avtobenzin 10 500 so`mdan sotilmoqda.

"Shu bilan birga, bugungi kunda respublika neftni qayta ishlash zavodlarida sutkasiga 4 000 tonnadan avtobenzin ishlab chiqarilib, birja savdolari orqali iste`molchilar ehtiyojlari uchun yo`naltirilmoqda. Bundan tashqari avtobenzin zaxirasi etarli ekanligini ma`lum qilamiz.

Shu bilan birga, xususiy tadbirkorlar tomonidan qo`shimcha avtobenzin importi amalga oshirilib kelinmoqda. Joriy yil boshidan bir oyda o`rtacha 10 ming tonna avtobenzin import qilinmoqda.

Bundan tashqari, xom-ashyo importi hajmlarini oshirish hisobiga avtobenzin ishlab chiqarish va birja savdolariga qo`yib borilayotgan avtobenzin hajmlarini oshirish choralari ko`rilmoqda", - deb ma`lum qilindi xabarida.

Ma`lumot uchun, 2 dekabr holatiga ko`ra, birja platformasida AI-80 benzin narxi 7,8 mln so`mni tashkil etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1