AsosiyJamiyat

«Nogironlik uyidagi ahvol» sarlavhasi ostidagi videoni tarqatishdan maqsad nima edi? (video)

'«Nogironlik uyidagi ahvol» sarlavhasi ostidagi videoni tarqatishdan maqsad nima edi? (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Ishtixon tumani Ravot qishlog`ida yashovchi fuqaro A.G`. bo`ynida zanjir bilan bog`langani holati yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Bu haqda Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati boshlig`i xabar berdi. 

https://t.me/darakchiuzlive/3184 

Holat 2022 yil 15 noyabr kuni sodir bo`lgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, Ishtixon tumani Ravot MFY Ravot qishlog`ida yashovchi 2001 yilda tug`ilgan fuqaro A.G`. (tug`ma nogiron (kar-soqov)) 2004 yilda «Samarqand eshitishida nuqsoni bo`lgan bolalar uchun» №-61 sonli maxsus maktab internatida o`qib, 12-sinfni tugatgan, 2003 yildan buyon Ishtixon tumani Ravot MFY Ravot qishlog`ida yashovchi tog`asi J.A.ni qo`lida tarbiyalaganligi, tog`asi uni ushbu maxsus maktabda o`qitganligi aniqlandi.

Ushbu fuqarodan mutaxassis (surdopedagog) ishtirokida tushuntirish olinganda, u uyidagi ro`zg`or yumushlarini bajarmaslik uchun o`zini-o`zi metal zanjir bilan bog`lab, qulf osib, u bilan birga turuvchi akasi (tug`ma nogiron (kar-soqov)) A.M.dan ushbu holatni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatishini so`rab, shu yo`l bilan uy ishlaridan qutilishni maqsad qilganini, ishidan pushaymonligini, hech kimga da`vosi yo`qligini bayon etgan.

Fuqaroning tog`asi J.A.dan tushuntirish olinganda, u jiyaniga nisbatan bu kabi harakatlarni sodir etmagani, holatni ijtimoiy tarmoqqa chiqqanidan so`ng bilganini bayon qilgan.

Fuqaro Ishtixon tumani Tibbiyot birlashmasida tibbiy ko`rikdan o`tkazilganda, uning tanasida hech qanday tan jarohatlari aniqlanmagan.

Taraflarning tushuntirishlari hamda vaziyat o`rganilib, holat yuzasidan jinoyat ishini qo`zg`atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar