AsosiyJamiyat

Bugun respublikaning 6 ta viloyatida qor yog`adi

'Bugun respublikaning 6 ta viloyatida qor yog`adi'ning rasmi

Bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba`zi joylarda qor yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qor yog`ishi mumkin. Surxondaryo viloyatida kechga tomon yomg`ir yog`ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq, shimolda 4-9° sovuq bo`ladi. 

Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi, tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi harorat 0-2° sovuq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar