Vengriya Evropa kengashi tomonidan Ukrainaga makromoliyaviy yordam ajratish bo`yicha tuzatishlar qabul qilinishini qo`llab-quvvatlamaydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi rahbari Mixali Varga Bryusselda o`tgan Iqtisodiy va moliyaviy masalalar bo`yicha kengash yig`ilishida ma`lum qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz".
“Vengriya moliya qonunchiligiga o`zgartirish kiritishga qarshi”, - dedi u.
Litva moliya vaziri Gintare Skaiste bu qarorni axloqsiz deb atadi.
“Vengriyaning Ukrainaga yordam bermasligi va uni boshqa darajadagi muammolar bilan bog`lashi qaysidir ma`noda axloqsizlikdir”, - dedi vazir jurnalistlarga.
Noyabr oyida Evroparlament Ukrainaga 18 milliard evrolik moliyaviy yordam ko`rsatish bo`yicha yangi loyihani ma`qulladi. Yordam imtiyozli uzoq muddatli kreditlar berish, muhim infratuzilmani ta`mirlash va harbiy harakatlar tugaganidan keyin mamlakatni tiklashni o`z ichiga olgan. Prezident Vladimir Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun 1 trillion dollardan ortiq mablag` kerakligini aytgan.






