1

O`zbekistonda 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo`lga kiritib, katta miqdorda pullarni o`zlashtirgan jinoiy guruh qo`lga olindi

Jinoyat 07.12.2022, 11:07
O`zbekistonda 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo`lga kiritib, katta miqdorda pullarni o`zlashtirgan jinoiy guruh qo`lga olindi

Katta pul mablag`larini o`zlashtirgan jinoiy guruh qo`lga olindi. Bu haqda IIV kiberxavfsizlik markazi xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi N.M., ariza bilan murojaat qilib, telegram messenjerida noma`lum shaxs feyk xabar orqali uning bank kartasi boshqaruvini qo`lga kiritib, jami 2.780.000 so`m pullarini echib olganligini bildirib, noma`lum shaxsga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni bir guruh shaxslar o`zaro jinoiy til biriktirib sodir etganligi aniqlangan. Jinoiy guruh a`zolari Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi, muqaddam JKning 168-moddasi bilan sudlangan, 2006 y.t., A.A. va uning akasi 2001 y.t., A.Sh., Buxoro viloyati Kogon tumanida yashovchi, Tojikiston Respublikasida 1985 y.t., N.B. va uning o`g`li 2006 y.t., B.D. ekanligi ma`lum bo`ldi.

Guruh soxta havolalardan foydalanib, telegram messenjeridagi guruh va kanallarda yolg`on xabarlarni tarqatib jami 454 nafar fuqaroning bank kartalari boshqaruvini qo`lga kiritib juda ko`p miqdordagi pullarni o`zlashtirgan.  

Guruh a`zolariga nisbatan O`zR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1