AsosiyDunyo

AQShda mudofaa byudjetining miqdori rekord darajaga ko`tarildi

'AQShda mudofaa byudjetining miqdori rekord darajaga ko`tarildi'ning rasmi

AQSh Senati mamlakatning 2023 yil uchun mudofaa byudjetini tasdiqladi. Uning miqdori 847.3 milliard dollarni tashkil etadi. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.

Bu Amerika tarixidagi eng yirik harbiy byudjet bo`lishi kutilmoqda. U NATO va Ukrainaga yordamni ham o`z ichiga oladi.   Xususan, Kiev uchun 800 million dollar ajratish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, byudjet loyihasida Rossiya bilan 5 yil muddatga harbiy hamkorlikni taqiqlash bo`yicha tavsiya o`rin olgan.

Bundan tashqari, Vashington Rossiyani G20 va boshqa xalqaro tuzilmalardan chiqarib yuborishga harakat qilishi ham ta`kidlangan.

Senat tasdig`idan so`ng, hujjat Jozef Baydenga imzo uchun jo`natiladi. Eslatib o`tamiz, AQShning 2022-moliyaviy yili uchun harbiy byudjeti 778 milliard dollarni tashkil etgandi.

    Boshqa yangiliklar