1

Elektr ta`minotida cheklovlarni kiritishda belgilangan tartiblarga rioya etmagani uchun bir necha mansabdor hayfsan oldi

Jamiyat 07.12.2022, 20:32
Elektr ta`minotida cheklovlarni kiritishda belgilangan tartiblarga rioya etmagani uchun bir necha mansabdor hayfsan oldi

“O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isakulov, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Ro`ziqul Rayimov, “Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” filiali direktori Anvar Muzapov va “Toshshaharnur” DUK direktori Umidbek Rajabovga hayfsan berildi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bugun Energetika vazirligida Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, prokuratura organlari hamda tizim korxonalari rahbarlari va mas`ul xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalafot o`tkazish bo`yicha tuzilgan maxsus shtabning navbatdagi yig`ilishi bo`lib o`tgan.

Yig`ilishda maxsus shtab tashkil etilganiga qaramay, joylardagi hududiy shtablarning faoliyati talab darajasida tashkil etilmaganligi aytilgan.

Vazirlik bergan xabarga ko`ra, ayrim mas`ul rahbarlarning dolzarb muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishda ishlarni to`g`ri tashkil qilmayotganligi, buning natijasida tizimda ko`plab texnik nosozliklar sodir bo`layotgani, energiya tejamkorlik masalalarida kamchiliklarga yo`l qo`yilayotgani hamda elektr ta`minotida cheklovlarni kiritishda belgilangan tartiblarga rioya etilmayotgani iste`molchilarning haqli e`tirozlariga sabab bo`layotganligi qattiq tanqid qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1