Germaniya polisiyasi davlat to`ntarishiga tayyorlanayotgan guruhni qo`lga oldi. Guruh o`ng ekstremistlar, reyxsbyurgerlar, sobiq harbiylardan iborat. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 7 dekabr tongida 3000 ga yaqin polisiyachi Germaniya bo`ylab 130 ta uyda tintuv o`tkazgan. 52 nafar gumonlanuvchidan 25 nafari qo`lga olingan.
Aprelda sobiq harbiyning qo`lga olinishi polisiyani to`ntarish tashkilotchilariga olib chiqdi. Hukumat surishtiruviga ko`ra, davlat to`ntarishi tashkilotchilari sobiq polisiyachi va harbiylarni o`ziga og`dirib olishga uringan.
Gumonlanuvchilar orasida Royslar shajarasining 71 yoshli shahzodasi Genrix XIII ham bor. Shahzoda va Germaniya qurolli kuchlari maxsus bo`linmasining sobiq qo`mondoni Ryudiger fon P. guruhga boshchilik qilgan bo`lishi mumkin.






