Prezident 402 nafar shaxsni afv etdi

Jamiyat 07.12.2022, 21:38
Prezident 402 nafar shaxsni afv etdi

Prezident Konstitusiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan bir guruh shaxslarni afv etish to`g`risidagi Farmonni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Farmonga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan bilib-bilmay jinoyat sodir etgan, hozirgi vaqtda qilmishiga chin ko`ngildan pushaymon bo`lgan va tuzalish yo`liga qat`iy o`tgan jazo muddatini o`tayotgan 402 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 128 nafari jazodan to`liq ozod qilinadi, 201 nafari jazoni o`tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi, 15 nafariga tayinlangan jazo engilroq jazo bilan almashtiriladi, bir so`z bilan aytganda 223 nafar shaxs jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinmoqda, 121 nafar shaxs probasiya organlari nazoratidan chiqarilmoqda. Shuningdek, 58 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 17 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 63 nafarini ayol hamda 19 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1