1

Bosh vazir boshchiligida Hukumat ishchi guruhi tuzildi

Jamiyat 07.12.2022, 23:47
Bosh vazir boshchiligida Hukumat ishchi guruhi tuzildi

Prezident topshirig`iga asosan, Bosh vazir boshchiligida O`zbekiston hududida energiya muammolarini tezkor o`rganish va hal qilib borish maqsadida Hukumat ishchi guruhi tuziladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishchi guruhga respublika hududida energiya taqchilligi munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni qisqa muddatlarda chuqur tahlil qilish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha tezkor choralar ko`rib borish vazifasi vazifasi yuklatiladi.

Shuningdek, ishchi guruh:

  • elektr energiyasi va gazni birinchi navbatda aholiga etkazib berish zaruriyatini e`tiborga olgan holda, mavjud energiya resurslarini muvozanatli taqsimlab borish va ushbu jarayonni qat`iy nazorat qilish;
  • elektr energiyasi va gaz taqchilligi sharoitida muqobil energiya mahsulotlari bilan aholini va ijtimoiy soha ob`ektlarini uzluksiz ta`minlash ishlarini jadallashtirish;
  • ijtimoiy ob`ektlar, jumladan ta`lim va sog`liqni saqlash muassasalarining barqaror faoliyat yuritishini ta`minlash yuzasidan zarur mablag`lar ajratib borish va ularning maqsadli ishlatilishi ustidan qat`iy nazorat o`rnatish;
  • energiya taqchilligi va uning oqibatida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar, ayniqsa iqtisodiyotga ta`sirini kamaytirish maqsadida, kompleks chora-tadbirlar ko`rish yuzasidan asoslangan takliflar ishlab chiqish va ko`rib chiqish uchun kiritish vazifalari bilan shug`ullanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1