MDH va ShHTga a`zo davlatlar mudofaa vazirlari Moskvada uchrashadi

Siyosat 08.12.2022, 18:14
MDH va ShHTga a`zo davlatlar mudofaa vazirlari Moskvada uchrashadi

Mustaqil davlatlar hamdo`stiligi hamda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a`zo davlatlarning mudofaa vazirlari 9 dekabr kuni Moskvada uchrashadi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligiga tayanib, Sputnik xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, mudofaa sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo`yicha fikr almashadi, o`zaro manfaatli masalalar muhokama qilinadi.

Ma`lumot uchun, MDHga Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O`zbekiston a`zo hisoblanadi. ShHTga bo`lsa: Hindiston, Eron, Qozog`iston, Xitoy, Qirg`iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O`zbekiston.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1