1

O`zbekistonda 10-13 dekabr kunlari havo harorati keskin soviydi. Ayrim hududlarda -24 darajagacha tushishi mumkin

Jamiyat 08.12.2022, 20:36
O`zbekistonda 10-13 dekabr kunlari havo harorati keskin soviydi. Ayrim hududlarda -24 darajagacha tushishi mumkin

«O`zgidromet» O`zbekistonda 10-13 dekabr kunlari kuzatiladigan ob-havo ma`lumoti haqida xabar berdi.

Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22 daraja sovuq, 10 dekabrda ba`zi joylarda 24 daraja sovuq, kunduzi esa 4-9 daraja sovuq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-11 dekabrda 7-12 daraja sovuq, 12-13 dekabrda 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja sovuq, Navoiy viloyatining shimolida kechasi 15-20 daraja sovuq, kunduzi esa 4-9 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10-12 dekabrda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 13 dekabrda kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi esa 3 daraja sovuq 2 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi esa 2 daraja sovuq 3 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi esa 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Respublikaning tog`oldi va tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Yo`llarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 10-11 dekabrda kechasi 9-14 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja sovuq, 12-13 dekabrda kechasi 6-11 daraja sovuq, kunduzi esa 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1