1

Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligi xarid qilingan 14 mlrd. so`mlik mashina haqida ma`lumot berdi

Madaniyat 10.12.2022, 16:50
Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vazirligi xarid qilingan 14 mlrd. so`mlik mashina haqida ma`lumot berdi

Milliy matbuot markazida Madaniyat vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o`tkazildi. Unda joriy yilda amalga oshiriligan ishlar, kelgusi rejalar tahlil qilindi. Shu bilan birga sohadagi ba`zi kamchiliklarga ham to`xtalib o`tildi. 
Xususan, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov davlat tadbirlarida madaniyat sohasi vakillari bepul xizmat qilayotgani, sohani rivojlantirish uchun menedjerlar etishmayotganligiga ham alohida e`tibor qaratdi.
Tadbirda, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo`lgan Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan 14 mlrd so`mlik mashina haqida ham ma`lumot berildi.
Vazirning ta`kidlashicha, sohada zamonaviy texnikalarga ega bo`lgan maxsus avtomobilni sotib olish uchun aslida davlat tomonidan 20 mlrd. so`m mablag` ajratilgan.


"Bu Madaniyat vaziriga topshiriq sifatida berilgan. Ya`ni sohada maxsus avtomobil sotib olish uchun aslida 20 mlrd so`m ajratilgan edi. Biz buni 14 mlrd.ga tushirib, arzonroq qilib, ko`rib-bilib, narxi bo`yicha talashib sotib olganmiz. Hali ular qo`limizga etib kelganicha yo`q, yaqin kunlarda keladi. Va shuni baralla ayta olaman, biz xarid qilayotgan mashina yaqin qo`shni davlatlarda ham yo`q",- deydi vazir.


Ta`kidlanishicha, mazkur transport vositalari texnikalarga boy va juda qulay. Agar aynan o`sha mashinalarda eng chekka hududlarga borib, konsert tashkil qilinishi kerak bo`lsa, o`sha joyning o`zida 20 daqiqadan so`ng konsertni boshlab, xonandani sahnaga taklif qilish mumkin.
 

"Unda 20 daqiqa ichida barcha texnik ishlar qilinib, konsertni boshlash mumkin. Uni o`zida sahnasi bor, ovoz kuchaytirgichlaridan tortib, ekranlarigacha bo`ladi. U zamonaviy ko`rinishdagi katta saroylarni, deylik, "Xalqlar do`stligi" san`at saroyining huddi kichraytirilgan sahnasidek bo`ladi"-deya izoh beradi Ozodbek Nazarbekov.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1