FVV axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, bugun, 10 dekabr kuni soat 19:23 da Sirdaryo viloyati Guliston shahar 4-mavzeda joylashgan oziq-ovqat do`konining omborxonasida yong`in sodir bo`layotganligi to`g`risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko`ra, 2 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 19:25 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 19:27 da qurshab olingan va soat 19:30 da o`chirilgan.
Yong`in natijasida do`kon omborxonasining taxminan 30 kv.m maydonda tom va shift qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.






