1

Bir kunda qancha piyoda yurish kerak? Mutaxassis tavsiya berdi.

Salomatlik 11.12.2022, 18:34
Bir kunda qancha piyoda yurish kerak? Mutaxassis tavsiya berdi.

Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Aholining sog`lom turmush tarzini qo`llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori direktori Nodira Alixanova piyoda yurishning inson salomatligiga foydali jihatlari haqida gapirdi. 

— Hammasi individual. Eng avvalo, inson o`zining jismoniy holatiga qarashi lozim. Qancha piyoda yurgisi kelsa, shuncha yurishi va masofani har kuni o`rtacha 100 qadamdan oshirib borishi maqsadga muvofiq.  

Shuningdek, bu mashg`ulotga yaqinlar, do`stlarni ham chorlash kerak. Eng muhimi, mazkur jarayondan rohat olish, uni tanani qiynaydigan mashg`ulot sifatida qabul qilmaslik zarur.

Qachon boshlash kerak?

Mashg`ulotni ovqatdan 1 soat avval yoki taomlangandan 1,5-2 soat keyin boshlash eng maqbul yo`l. Eng asosiysi, yurishni har qanday ob-havo sharoitida bajarish mumkin, faqat mavsumbop kiyim bo`lsa, kifoya.  

Qachon tugatamiz?

Yurish vaqti uxlashdan 2 soat oldin tugagani ma`qul. 35 yoshdan yuqori va hech qachon sport bilan shug`ullanmagan inson juda sekin yurishdan boshlagani maqsadga muvofiq. Qolaversa, 35 yoshdan oshmaganlarga ham mashg`ulotni sekin yurishdan boshlash tavsiya etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1