AsosiySport

Qatar-2022: So`nggi to`rt o`yin uchun «Orzu» to`pi taqdim etildi

'Qatar-2022: So`nggi to`rt o`yin uchun «Orzu» to`pi taqdim etildi'ning rasmi

FIFA Qatardagi jahon chempionatining so`nggi to`rt o`yini uchun rasmiy to`pni taqdim etdi. 

«Al Hilm» deb nomlangan ushbu to`pdan ikki yarimfinal, uchinchi o`rin uchun va final o`yinida foydalaniladi. Uning nomi arab tilidan tarjima qilinganda «Orzu» ma`nosini beradi, deyiladi FIFA rasmiy sayti xabarida.

Eslatib o`tamiz, Qatardagi mundialning guruh bosqichi, 1/8 va 1/4 finallarida «Al RIhla» (arabchadan tarjimasi — «Sayohat») nomli to`pdan foydalanilgandi.

Yangi to`pning oldingisidan asosiy farqi — ekologik toza ashyolar: suv asosidagi bo`yoq va elim ishlatilgan. Dizaynidagi bosh unsur — Dohani qurshab turgan cho`lni ifodalovchi uchburchak.

«Orzu» to`pini birinchi bo`lib Xorvatiya – Argentina (13 dekabr), keyin Fransiya – Marokash (14 dekabr) o`yinida o`yinida ko`ramiz. Uchinchi o`rin uchun bahs 17 dekabrda, chempionnni aniqlovchi final 18 dekabrda bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar