Umumiy quvvati 2897 MVt bo`lgan quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo`yicha xalqaro kompaniyalar bilan 10 ta bitim imzolangan.
Loyihalarning umumiy qiymati 3 mlrd AQSh dollari bo`lib, xorijiy kompaniyalar tomonidan to`g`ridan-to`g`ri investisiyalar hisobiga amalga oshiriladi.
2021 yilda Navoiy viloyatining Karmana tumanida 100 MVt quvvatidagi, 2022 yilda Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 100 MVt quvvatidagi quyosh elektr stansiyalari ish boshladi.
2023-2024 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasining Qorao`zak tumani, Jizzax viloyatining G`allaorol tumani, Surxondaryo viloyatining Sheroobod tumanida, Navoiy viloyatining Nurota tumani, Samarqand viloyatining Kattaqo`rg`on tumanida 1197 MVt quvvatdagi 5 ta quyosh va shamol elektr stansiyalari, shuningdek, 2024-2025 yillarda Buxoro viloyatining Peshku va G`ijduvon tumanlari hamda Navoiy viloyatining Tomdi tumanida 1500 MVt quvvatdagi 3 shamol elektr stansiyalari foydalanishga topshiriladi.






