Sardor Umurzakov rahbarligida o`tkazilgan yig`ilishda energiya resurslari bilan ta`minlash sohasida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Bosh prokuror Nig`matilla Yo`ldashev ayrim ma`lumotlarni ochiqladi. Bu haqda O`zA xabar berdi.
Bosh prokurorning ma`lum qilishicha, "Hududgazta`minot" AJning Toshkent viloyati bo`yicha tarkibiy bo`linmasi bo`lgan "Hududgaz Toshkent" filiali direktori Muzaffar Alievga nisbatan jinoyat ishi ochilgan hamda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
11.12.2022 23:03
"Hududgazta`minot"ning Toshkent viloyati filiali direktori qamoqqa olingan






