⚡️O`zbekistonda muomaladagi naqd pullar kamaydi — Markaziy bank

Iqtisodiyot 14.12.2022, 11:45
⚡️O`zbekistonda muomaladagi naqd pullar kamaydi — Markaziy bank

O`zbekistonda jami pul massasi noyabr oyida 5,9 trillion so`mga ortib, 1 dekabr holatiga 177,2 trillion so`mga etgan. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar qildi

 Ma`lum qilinishicha, bunda milliy valyutadagi boshqa depozitlar qoldig`i 3,8 trillion so`mga va chet el valyutasidagi depozitlar qoldig`i 5,5 trillion so`mga ko`paygan bo`lsa, tor ma`nodagi pul massasi 3,4 trillion so`mga qisqargan.  

 Xususan, noyabr oyida naqd pullar 2,4 trillion so`mga kamayib, muomalaga chiqarilgan naqd pullar qoldig`i 1 dekabr holatiga 41,3 trillion so`mni tashkil etgan.  

 Yil boshiga nisbatan naqd pullar qoldig`i 12,7 trillion so`mga ko`paygan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1