Nuriddinov dast ko`tarish mashqida 177 kg, siltab ko`tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan chempionlikni qo`lga kiritdi.
Kolumbiyada og`ir atletika bo`yicha bo`lib o`tayotgan jahon chempionatida o`zbekistonlik atlet Ruslan Nuriddinov dunyo birinchiligida -109 kg vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qo`lga kiritdi, deya xabar bermoqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati. Bu natija bilan Nuriddinov ikkinchi bor jahon chempionligiga erishgan birinchi o`zbek og`ir atletikachisiga aylandi.
Nuriddinov dast ko`tarish mashqida 177 kg, siltab ko`tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini ko`rsatib, 3 yo`nalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Nuriddinov eng yaqin raqibini 8 kgga ortda qoldirishga erishdi.
Og`ir atletika bo`yicha JCh
Erkaklar, -109 kg:
1.Ruslan Nuriddinov (O`zbekiston) - 397 (177+220) kg
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg
3. Rafael Kastilyo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg