AsosiyIqtisodiyot

⚡️2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi

'⚡️2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi'ning rasmi

Prezident murojaatnomasida qayd etilishicha, 2023 yilda  tayyor mahsulotlar eksportini qo`shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsad bo`ladi. 

"Bu yil boshlangan “Yangi O`zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi o`z samarasini bermoqda. Bir yilning o`zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Kelasi yilda ham, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensasiya qilish davom ettiriladi.

Evropa bozorlariga tekstil, elektrotexnika, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz. Mahsulotlar eksporti bo`yicha hozirgi 9 ta bosqichli bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobarga qisqaradi.

Jahon savdo tashkilotiga a`zo bo`lish bo`yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz.

Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi (2018 yilda 14 milliard dollar bo`lgan)", - dedi Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar