1

Tvorogning 12 foydasi

SUG'DIYONA 16.09.2016, 09:40
Teglar: Salomatlik
Tvorogning 12 foydasi

1.  Homilador ayollar kundalik ovqatlanish rasioniga tvorogni kiritishlari shartli qoidalardan biridir. Nonushtaga eyilgan 200 gramm yog`siz tvorog farzand kutayotgan ayol organizmini kalsiy va boshqa zarur moddalar bilan ta`minlaydi. 

2.  O`g`il farzand ko`rishni istagan ayollarga ham ko`proq tvorog, sut-qatiq iste`mol qilish buyuriladi. 

3.  Go`dakning 6-7 oyligidan boshlab, oz-ozdan tvorog berib borish mumkin. Avvaliga 1-2 osh qoshiqdan keyin miqdorini ko`paytirasiz. 

4.  Ateroskleroz, gipertoniya va jigar xastaliklari bilan og`rigan bemorlarga buyurilgan parhezda yog`siz tvorog bo`ladi. 

5.  Oshqozon va o`n ikki barmoqli ichak yarasi, gastrit kasalliklarida ertalab tvorog iste`mol qilish foydali. 

6.  Suyak sinishlari, lat eyish, turli hildagi jarohatlarda sut-qatiq bilan birga tfvorog iste`mol qilish ham asqotadi.

7.  Yirik donli tvorog qandli diabet, yurak xastaliklariga chalingan bemorlar uchun tavsiya etiladi. Tvorogning bu turi mayin bo`lib, uzoqroq saqlanishi mumkin. 

8.  Asabiy, jizzaki va surunkali charchoq alomatlaridan shikoyat qilayotgan bo`lsangiz, ko`proq tvorog eng. Tarkibidagi foydali birikmalar asab tizimini tinchlantiradi. 

9.  Bolalardagi tomoq og`rig`ida quruq tvorogni ozroq asal bilan aralashtirib, iste`mol qilish foydali. Bronxlarni yumshatadi. 

10.  Yog`li tvorogni quruq yuz terisi uchun niqob o`rnida ishlatish mumkin. Quruq tvorogga esa ozroq o`simlik yog`ini aralashtirib, yuzingizga surtsangiz, terini yumshatadi. 

11.  Harid qilingan tvorogning saqlanish muddati 2 kundan ko`p bo`lmaydi. Suvi  ajralib, achimtir maza sezila boshlasa, aslo foydalanmang. Aks holda ichak tayoqchalari hosil bo`lishi mumkin.

12.  Uzoq umr ko`rishni istasangiz, tvorogni kanda qilmang. Smetana bilan aralashtirsangiz ham shakar miqdorini oshirmang. Shirasi qanchalik ko`p bo`lsa, foydali hususiyati shunchalik kamayib boradi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1